ÖzLiDeP nomzodlari yangihayotlik saylovçilar bilan uçraşdi
Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi deputatligiga ÖzLiDePdan körsatilgan nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlari davom etmoqda.
Yangihayot tumanidagi Çoştepa, Oriyat, Yangi Çoştepa va Yangi Darxon mahallalarida taşkil etilgan uçraşuvda partiyaning kelgusi beş yillikdagi ustuvor vazifalariga yana bir karra töxtalib ötildi.
Jumladan, uçraşuvda jamiyatda ayollar tadbirkorligini faollaştirişga qaratilgan siyosatni izçil davom ettiriş, ayollarning masofaviy mehnat va raqamli tadbirkorlik böyiça könikmalarini oşirişga jiddiy e'tibor qaratiş orqali ular orasidagi işsizlik darajasini 2 marta kamaytiriş böyiça ÖzLiDeP saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalarga töxtalib ötildi.
Partiya tuğruq ta'tilidagi ayollar uçun onlayn işlaş tizimini joriy etiş yuzasidan huquqiy asoslar yaratilişi böyiça izçil iş olib boradi. Tadbirkorlik subyektlarining yopilişi natijasida işsiz qolgan yoş bolali ayollarni qöllab-quvvatlaş uçun ularni işsizlikdan suğurtalaş tizimini joriy qilişni maqsad qilgan.
ÖzLiDeP keksalar soğliğini tiklaş va mazmunli dam olişi uçun alohida dastur qabul qiliş taklifini ilgari surmoqda.
Partiya mamlakatimizdagi uç milliondan ortiq nuroniylar har yili bepul tibbiy körikdan ötkazilişi, şifoxona va sihatgohlarda davolanişi, ular uçun yurtimiz böylab sayohatlar taşkil etilişiga kömaklaşadi.
Uçraşuvda qatnaşgan saylovçilar ÖzLiDePning maqsad va ğoyalarini töliq qöllab-quvvatlaşdi.